Mostovoy Safonov haqida U bir o'yin o'ynaydi keyin yo'qoladi

Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi uchun qur'a natijalariga munosabat bildirdi. Unda fransuz klublari «PSJ» va «Monako» o'zaro to'qnash keladigan juftlik ham shakllandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mostovoy Golovin va Safonov atrofidagi “duel”ga ortiqcha ma'no yuklamaslik kerakligini aytdi. Uning ta'kidlashicha, Aleksandr Golovin doimiy ravishda maydonga tushib kelmoqda, Matvey Safonov esa bir uchrashuv o'ynaydi-da, keyingisida tarkibda ko'rinmaydi. Mostovoy shuningdek, PSJ darvozaboni Shevale ham jamoada bekorga turmagani, u ham o'ynashni xohlashini qayd etdi.
Shu bilan birga, Mostovoy bu juftlikda PSJ favorit ekani aniq bo'lsa-da, «Monako» kutilmagan natija ko'rsatib, sensatsiya tayyorlashga qodirligini ham qo'shib o'tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!