date

Matvey Safonov PSJda eng kam maosh olmoqda

Matvey Safonov PSJda eng kam maosh olmoqda

Fransiyaning PSJ klubida top surayotgan rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning maoshi ma’lum bo‘ldi. Le Parisien jurnalistlari futbolchilarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Safonov oyiga soliqlar ushlanmasdan 250 ming yevro maosh oladi. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich PSJ tarkibidagi eng past oylik hisoblanadi.

Jamoada eng yuqori maosh qanot hujumchisi Usmon Dembelenga to‘lanadi — oyiga 1,56 million yevro. Undan keyingi o‘rinlarda Markinyos (1,13 mln) va Ashraf Hakimi (1,1 mln) qayd etilgan.

Gurjistonlik vinger Hvicha Kvaratsxeliya oyiga 900 ming yevro oladi va ro‘yxatda oltinchi pog‘onada turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Matvey Safonov PSJda eng kam maosh olmoqda