Al-Nasr mavsum yakunida Ronalduni qo'yib yuborishi mumkin

“Al-Nasr” 41 yoshli Krishtianu Ronalduni joriy mavsum yakunlangach qo'yib yuborishga ruxsat berishi mumkin. Saudiya Arabistoni klubi uning o'rniga “Liverpul” hujumchisi Mohamed Saloh va “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni olib kelishni rejalashtirmoqda. Ronaldu transfer kampaniyasidan norozi bo'lgani sabab jamoaning so'nggi ikki uchrashuvida maydonga tushmadi.
“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda The i Paper nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, liga 41 yoshli futbolchiga joriy mavsum yakunlangach klubdan ketishga ruxsat berishga tayyor. Ta'kidlanishicha, portugaliyalik yulduz o'rniga Saudiya Arabistoniga “Liverpul” hujumchisi Mohamed Saloh hamda “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni olib kelish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ronaldu transfer kampaniyasidan norozi bo'lgani sabab “Al-Nasr” safida maydonga tushishdan bosh tortgandi. Portugaliyalik forvard jamoasining so'nggi ikki uchrashuvini o'tkazib yubordi.






























Izohlar 0
…