Lens Rennga qarshi irodali g'alaba bilan peshqadamga aylandi

Fransiya chempionatining 21-turida chempionlik poygasidagi “Lens” o‘z maydonida turnir jadvalida 6-o‘rinda borayotgan “Renn”ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv mezbonlar uchun kutilmaganda og‘ir boshlandi: 8-daqiqada Arno Nordan jarima maydoniga uzatma berdi, Esteban Lepol aniq zarba bilan hisobni ochdi — 0:1. “Lens” faqat tanaffus arafasida javob qaytardi: 41-daqiqada Ruben Agilar pasidan foydalangan Odsonn Eduar muvozanatni tikladi — 1:1.
Ikkinchi bo‘lim startida Floriyan Toven Agilarga golli uzatma berdi va “Lens” oldinga chiqdi — 2:1. Biroq ko‘p o‘tmay vaziyat keskinlashdi: Agilar ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi va mezbonlar o‘yin oxirigacha 10 kishi bo‘lib qoldi.
Shunga qaramay, “Lens” kamchilikda ham raqibni jazolashni uddaladi: 79-daqiqada qarshi hujumda Allan Sen-Maksimen uzoqdan yo‘llagan zarbasi bilan farqni oshirdi — 3:1.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Lens” bir o‘yin ko‘proq o‘tkazgan bo‘lsa-da, “PSJ”ni ortda qoldirib, turnir jadvalida vaqtincha 1-o‘ringa ko‘tarildi. “Renn” esa 6-o‘rinda qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!