date

Gvardiola Arsenal bilan chempionlik poygasi haqida gapirdi

Gvardiola Arsenal bilan chempionlik poygasi haqida gapirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 25-turida «Liverpul» ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin chempionlik uchun kurash borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Shaharliklar» «Enfild»da o‘yin davomida hisobda ortda qolganiga qaramay kambek qayd etdi va turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan «Arsenal» bilan oradagi farqni olti ochkogacha qisqartirdi.

Gvardiola ta’kidlashicha, jamoa uchun eng muhim vazifa — «Arsenal»ni doimiy bosimda ushlab turish va poygada qolish. Mutaxassis raqibda imkon bo‘lsa, xatolardan foydalanishga harakat qilishlarini ham qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Mikel Arteta jamoasi o‘z uyida «Sanderlend»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Keyingi turda «kanonirlar» safarda «Brentford»ga qarshi maydonga tushadi, «Manchester Siti» esa o‘z maydonida «Fulhem»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Arsenal bilan chempionlik poygasi haqida gapirdi