Pellegrini Atletikoga qarshi bo'sh hudud qoldirmadik dedi

"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini La Liganing 23-turida Madridning "Atletiko"sini 1:0 hisobida yengganidan so'ng o'yinni tahlil qildi. Eslatib o'tamiz, 5 fevral kuni jamoasi Ispaniya Kubogida ayni raqibga 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pellegrinining aytishicha, bu safar "Betis" ancha tartibli va yuqori intensivlikda harakat qilib, "Atletiko" futbolchilariga avvalgi uchrashuvdagidek erkin hudud bermagan. Mutaxassis, oldingi o'yinlarda himoyada ko'zga tashlangan muammolar bugun bartaraf etilganini ham ta'kidladi.
Ushbu g'alabadan keyin "Betis" 38 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. "Atletiko" esa 45 ochko bilan 3-pog'onada qolmoqda. Diyego Simeone shogirdlari uchun bu mag'lubiyat joriy La Liga mavsumida o'z maydonidagi ilk yutqazish bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!