Lion barcha musobaqalarda ketma-ket 12-galaba qayd etdi

Fransiyada "Lion"ning tiklanish davri davom etmoqda: Paulu Fonseka boshchiligidagi jamoa navbatdagi uch ochkoni safarda qo'lga kiritdi. Bu safar "to'qimachilar" Bretanda "Nant" mehmoni bo'lib, minimal hisobdagi g'alaba bilan maydonni tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz futbolining eng nomdor klublaridan biri hisoblangan "Nant"ga qarshi uchrashuvda "Lion" bir gol urish bilan kifoyalandi, biroq aynan shu gol jamoaga g'alabani ta'minladi. Shu tariqa, klub barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda ketma-ket 12-uchrashuvda zafar quchdi.
Eslatib o'tamiz, "Lion"ni Paulu Fonseka boshqarmoqda: u avval "Milan"dagi faoliyatida kutilgan darajada natija ko'rsata olmagan, "Lion"ga kelganidan so'ng esa tez orada uzoq muddatli diskvalifikatsiya ham olgandi. Endi murabbiy qaytganidan keyin jamoa yana jadallik bilan yuqorilab, Liga 1 turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!