Jo Xart Liverpul ustidan g'alabani muhim signal deb atadi

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turidagi markaziy bahsda «Manchester Siti» safarda «Liverpul»ni mag'lub etdi. Uchrashuv haqida «shaharliklar»ning sobiq darvozaboni Jo Xart ham fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Xartning aytishicha, bu g'alaba jamoaga nafaqat uch ochko, balki katta ruhiy turtki ham berdi. Uning fikricha, «Siti» shu natija orqali chempionlik poygasidan chiqmaganini va mavsum yakunigacha kurashni davom ettirish niyatida ekanini ko'rsatdi.
Shu bilan birga, Xart jamoani oldinda yana muhim sinov kutayotganini eslatib, e'tibor endi chorshanba kungi keyingi uchrashuvga qaratilishi kerakligini ta'kidladi. BBC Sport sobiq darvozabonning so'zlarini keltirdi.
Hozirda «Manchester Siti» londonlik «Arsenal»dan olti ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!