“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike ushbu mavsum yakunida jamoani tark etishi haqidagi qaroriga izoh berib o‘tdi.
“Juda ko‘p o‘yladim. Yozgi yig‘inlar chog‘i agentim Robert Fernandes va Albert Soler bilan suhbatlashdim, klub bilan shartnomani uzaytirmasligim mumkinligi haqida aytgandim.
Ular yana o‘ylab ko‘rishimni so‘rashdi. O‘shanda yakuniy qarorimni aytgandim va shu payt ham etib keldi. Nihoyat, “Barsa”dan ketishimni e’lon qildim.
Buning asosiy sababi kasbning tinimsiz mehnatdan iboratligida. Faqat shu ish bilan yashayman. Dam olish uchun juda kam vaqt bo‘ladi. Takrorlayman, ketishimning asosiy sababi ham faqat shunga bog‘liq.
“Barselona” yoshlar va asosiy jamoasini boshqarish imkoniyatini berganlari uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Esda qolarli ko‘p yillarni o‘tkazdim.
3ta musobaqada ishtirok etyapmiz, oldimizda qiziqarli 3 oy turibdi. Chempionlar ligasi? Qiyin pallada turibmiz, ammo keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman», – dedi Luis Enrike. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi