date

Gvardiola Liverpulga qarshi ikkinchi taym pasayishini izohladi

Gvardiola Liverpulga qarshi ikkinchi taym pasayishini izohladi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasida "Liverpul"ga qarshi o'yinning (2:1) ikkinchi bo'limida jamoa o'yini nega sustlashganiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning birinchi taymida "shaharliklar" tashabbusni qo'lda ushlab turdi, biroq gol ura olmadi. Tanaffusdan keyin esa "qizillar" ancha faol ko'rinib, 74-daqiqada hisobni ochdi. Shunga qaramay, mehmonlar o'yin yakunida ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etib, g'alabani ilib ketdi.

Gvardiolaning aytishicha, bunday holat avval ham ko'p bor kuzatilgan: jamoaga 90 daqiqa davomida bir xil yuqori darajani ushlab turish oson emas. Murabbiy bunga asosiy sabab sifatida futbolchilarning hozircha 100 foiz tayyor emasligini tilga oldi va jarohatlanganlar qaytishi bilan yaqin oy ichida vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishi mumkinligini ta'kidladi.

"Manchester Siti" navbatdagi uchrashuvini chorshanba kuni o'z maydonida "Fulhem"ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Liverpulga qarshi ikkinchi taym pasayishini izohladi