Chelsi va Manchester Siti Bavariya yulduziga ko'z tikdi

Chelsi va Manchester Siti Bavariya yulduziga ko'z tikdi
Qisqacha

“Chelsi” va “Manchester Siti” “Bavariya”ning fransuz qanot hujumchisi Maykl Olisesini yozgi transfer oynasida tarkibiga qo'shib olishga qiziqmoqda. “Bavariya” taxminan 150 million yevrolik taklif tushsa, 24 yoshli futbolchini sotishga tayyor. Oliseninng klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. U joriy mavsum Bundesligada 21 o'yinda 10 gol va 16 assist qayd etdi.

Myunxenning “Bavariya” klubida to'p surayotgan fransuz qanot hujumchisi Maykl Olise faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatlariga ega. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, Oliseni tarkibiga qo'shib olishga Londonning “Chelsi”si hamda “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub yozgi transfer oynasida futbolchi uchun kurash olib borishga tayyor.

“Bavariya” esa fransuz legioneri bo'yicha taxminan 150 million yevro miqdorida taklif tushsa, u bilan xayrlashishi mumkin.

Oliseninng nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Joriy mavsum Bundesligada 24 yoshli vinger 21 o'yinda maydonga tushib, 10 gol va 16 assist qayd etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar