Genich Villarreal Ispanolga qarshi o'yin uchun prognoz berdi

Futbol sharhlovchisi Konstantin Genich Ispaniya chempionatida bo'lib o'tadigan «Villarreal» — «Ispanol» uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisga ko'ra, bahsda mezbonlar yaqqol ustun: «Villarreal» ko'rsatkichlar bo'yicha «Ispanol»dan kuchliroq va o'yinni o'z maydonida o'tkazadi.
«Menimcha, bu juftlikda “Villarreal” aniq favorit va uyda o'z sinfini ko'rsatishi kerak. “Villarreal”ning “Ispanol” ustidan g'alabasini kutyapman», — deya Genichning so'zlarini “Reyting Bukmekerov” keltiradi.
La Liganing 23-turi doirasidagi «Villarreal» — «Ispanol» uchrashuvi bugun, 9-fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangrashi kutilmoqda. LiveResult portali bellashuvni matnli translyatsiya qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!