date

Tottenhem Milan vingeri Kristian Pulishichga ko'z tikdi

Tottenhem Milan vingeri Kristian Pulishichga ko'z tikdi

"Milan" vingeri Kristian Pulishich yana Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

GiveMeSport xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchiga Londonning "Tottenhem" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbada aytilishicha, "rossoneri" amerikalik futbolchini yozgi transfer oynasida taxminan 55 million yevroga qo'yib yuborishi ehtimoldan xoli emas.

Pulishich 2023 yil iyul oyida "Chelsi"dan 20,8 million yevro evaziga "Milan" safiga kelib qo'shilgandi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Futbolchining Italiya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem Milan vingeri Kristian Pulishichga ko'z tikdi