Spalletti hakamlik muammosini kinoyali ishora bilan ko'rsatdi

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti o'yindan keyingi intervyu paytida hakamlik talqinlari mavzusiga to'xtalar ekan, noodatiy epizod bilan e'tibor qozondi. Mutaxassis qaysi darajadagi to'qnashuv qoida buzilishi sifatida baholanishi, qaysi holatda esa o'yinni davom ettirish kerakligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Spalletti jurnalist ayolning roziligi bilan avval uning qo'lini yengil ushlab ko'rdi, so'ng yelkasidan o'pib qo'ydi. Murabbiy shu orqali maydondagi kabi, har qanday kontakt ham vaziyatga real ta'sir ko'rsatmasligini urg'ulamoqchi bo'ldi.
"Bu kontakt, lekin u hech qanday ta'sir qilmaydi", deya izoh berdi Spalletti.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni "Yuventus" "Latsio" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Turin klubi hozirda A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!