date

Moxamed Salahning bobosi vafot etdi, futbolchi qayg'uda

Moxamed Salahning bobosi vafot etdi, futbolchi qayg'uda

«Liverpul»ning yulduz hujumchisi Moxamed Salah oilasida motam yuz berdi. Jurnalist Ismoil Mahmud xabariga ko'ra, futbolchining bobosi hayotdan ko'z yumgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozircha voqea tafsilotlari ochiqlanmagan. Manbalarga ko'ra, Salah bobosini so'nggi manzilga kuzatish uchun «Liverpul» jamoasi ixtiyoridan bir muddatga chiqib ketishi ehtimoli bor.

Eslatib o'tamiz, «Liverpul» yakshanba kuni o'z maydonida «Manchester Siti»ga 1:2 hisobida yutqazdi. Yangi haftada mersisaydliklarni ikki uchrashuv kutmoqda: APLda «Sanderlend»ga qarshi va Angliya Kubogida «Brayton» bilan bahs.

2025/2026 yilgi mavsumda Salah 25 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Moxamed Salahning bobosi vafot etdi, futbolchi qayg'uda