De Dzerdzi Marsel o'yinlarini rus tog'larig'a qiyosladi

Fransiyaning “Marsel” klubi bosh murabbiyi Roberto de Dzerdzi jamoasining o'yinini “rus tog'lari”ga o'xshatdi. Mutaxassis bunday ta'rifni “PSJ”dan 0:5 hisobida uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Mavsum juda notekis o'tyapti, hozircha aniq izoh topa olmayman. Yomon o'ynadik — “Bryugge”ga qarshi uchrashuvdagi kabi. Endi yechim izlayman. Jamoa hozir rus tog'laridek: bir ko'tariladi, bir tushadi. Bunday yutqazish mumkin emas”, — dedi de Dzerdzi.
Ayni paytda “Marsel” Fransiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda, peshqadam “PSJ”dan 12 ochko ortda. Keyingi turda klub o'z maydonida “Strasburg”ni qabul qiladi.






























Izohlar 0
…