Renn bosh murabbiyi Habib Bey vaqtincha chetlatildi

Fransiyaning «Renn» klubi rahbariyati bosh murabbiy Habib Bey hamda uning yordamchilarini jamoa boshqaruvidan vaqtincha chetlatganini ma'lum qildi. Bu haqdagi xabar klubning rasmiy saytida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Beyning kelajagi bo'yicha yakuniy qaror chiqmaguncha mashg'ulotlarni Sebastyan Tambure, Pyer-Aleksandr Lelyevr va Maksim Le Marshan olib boradi. Klub bunday qadamni so'nggi o'yinlardagi omadsiz natijalar bilan izohladi: «Renn» ketma-ket to'rt uchrashuvda mag'lub bo'lib, jami 1:12 hisobida yutqazdi.
Hozirda «Renn» 21 turdan so'ng 31 ochko bilan chempionat jadvalida 6-o'rinda bormoqda. Habib Bey jamoada 2025 yil yanvaridan beri ishlab kelayotgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing