Holann gol urishdagi pasayishdan norozi ekanini tan oldi

Holann gol urishdagi pasayishdan norozi ekanini tan oldi

«Manchester Siti»ning markaziy hujumchisi Erling Holann o‘zining so‘nggi o‘yinlardagi samaradorligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Norvegiyalik forvard 2026 yilda barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 12 uchrashuvda atigi uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

«Menga yanada jam bo‘lish, hamma jihatdan yaxshiroq harakat qilish kerak — shu ustida ishlashim shart. Nega natijalarim yaxshi bo‘lmagani haqida gapirishni istamayman. Menimcha, bunga hech qanday bahona yo‘q», — deya Holannning so‘zlarini ESPN keltirdi.

Joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Holannning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034 yilgacha amal qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar