Luis Enrike de Dzerbining ishini yuqori baholadi

Luis Enrike de Dzerbining ishini yuqori baholadi
Qisqacha

Luis Enrique "Marse"l bosh murabbiyi Roberto De Zerbi faoliyatini yuqori baholadi. U De Zerbi hujumkor futbol uslubini va doimiy g'alabaga intilishini ta'kidlab, uni Fransiya chempionatidagi eng kuchli murabbiylardan biri deb atadi. Hozirda "PSJ" chempionatda yetakchilik qilmoqda, "Marse"l esa to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Fransiya chempionatining navbatdagi turida «PSJ» prinsipial raqibi «Marsel» ustidan yirik hisobda gʻalaba qozonib, raqibiga deyarli imkon qoldirmadi. Shunga qaramay, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike uchrashuvdan keyin «Marsel» ustozi Roberto de Dzerbining faoliyatiga alohida toʻxtaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Enrike italiyalik mutaxassisning uslubini yuqori baholab, uning hujumkor futbolni tanlashi va doim gʻalabaga intilishini taʼkidladi. «U qanday ishlashini yoqtiraman. Hujumkor futbol qoʻyadi, natija uchun o'ynaydi. U Fransiya chempionatidagi eng kuchli murabbiylardan biri», — deya Enrikening soʻzlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Hozirda «PSJ» Fransiya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda va «Lans»ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda. «Marsel» esa toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar