Jek Grilish jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanishga kirishdi

"Everton"ning hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish jarohat olgan oyog'idan operatsiya qilindi. Bu haqda 30 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Griilish mavsumni bunday yakunlashni istamaganini, biroq futbolda bunday holatlar uchrashini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, amaliyot muvaffaqiyatli o'tgan va endi u tiklanish jarayoniga e'tibor qaratadi. Shuningdek, futbolchi muxlislarning qo'llab-quvvatlovchi xabarlariga minnatdorlik bildirdi va maydonga yanada kuchliroq qaytishni maqsad qilganini yozdi.
Grilish joriy mavsum "Everton" safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing