date

Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"ning g‘alabali seriyasiga xursand emas

Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"ning g‘alabali seriyasiga xursand emas

Angliya Premer-ligasida “Manchester Yunayted” so‘nggi turlarda juda ishonchli qadam tashlayapti. Mankunianliklar ketma-ket to‘rtinchi bor g‘alaba qozonib, bu safar “Tottenxem”ni ham 2:0 hisobida yengishga muvaffaq bo‘ldi. Natija bor, kayfiyat bor, muxlislarda umid bor — lekin bosh murabbiy Maykl Kerrikning so‘zlariga qaraganda, “hali erta” degan tormoz ham bor.

Ushbu muvaffaqiyatli seriyadan keyin “Yunayted” ayni paytda APL jadvalida 4-o‘ringa joylashdi. Eng yaqin ta’qibchisidan bor-yo‘g‘i bir ochko oldinda borayotgan jamoa uchun har bir tur — deyarli finalga teng. Bir xatolik va pozitsiya “qo‘ldan uchadi”, bir g‘alaba va jamoa yana yuqoriga siljiydi.

Kerrikning fikricha, bu to‘rtta o‘yinning har biri alohida sinov bo‘lgan. U jamoa “muvaffaqiyatning sirini topdi” degan gaplarga shoshilmayapti. Aksincha, ustoz g‘alaba kelgani yaxshi, ammo uning ortida qanchalik mehnat, tayyorgarlik, sabr va bosim borligini unutmaslik kerakligini ta’kidladi.

“G‘alabalardan rohatlanish muhim. Biz aynan shu uchun mehnat qilamiz. Emotsiya bo‘lmasa, hammasi ma’nosini yo‘qotadi. Lekin eng asosiysi — har bir yutuq oson kelmaganini his qilish. Bu darajada yutish doim og‘ir. Shuning uchun keyingi o‘yinda ham ish “o‘zi-o‘zidan” yaxshi bo‘lib ketadi, deb o‘ylash xato”, mazmunidagi gaplari bilan Kerrik jamoani ham, muxlislarni ham yerga tushirib qo‘ydi.

Qisqasi, “Yunayted” hozir kayfiyatda, lekin Kerrik “osmonga chiqib ketmaylik” degan rejimni yoqib qo‘ygan. Chunki APLda bir kun sen qirol, ertasi senga mem tayyor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"ning g‘alabali seriyasiga xursand emas