Manchester Yunayted Rocco Raytsni sotib olishi mumkin

Germaniyalik yarim himoyachi Rocco Rayts Angliyaga yo'l olishi ehtimoli bor. Fichajes xabariga ko'ra, huquqlari Myonxengladbaxning "Borussiya" klubiga tegishli futbolchi APLga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ishonilsa, 23 yoshli yarim himoyachiga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.
Rayts 2020 yil yozidan beri "Borussiya" safida to'p suradi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Angliya chempionatining 25 turidan so'ng "qizil iblislar" 44 ochko jamg'argan va turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Navbatdagi uchrashuvda Maykl Karrik boshqaruvidagi jamoa safarda "Vest Hem"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!