Ronalduga A Seriyada kutilmagan transfer taklif qilindi

Krishtianu Ronaldu yozda “Al-Nasr”ni tark etishi mumkinligi fonida faoliyatini davom ettirishi ehtimol qilingan beshta klub qatorida “Komo” ham tilga olindi. The Sun nashri “Al-Hilol”, “Manchester Yunayted”, “Sporting” va “Inter Mayami”ni ham mumkin bo‘lgan manzillar sifatida ko‘rsatdi. 41 yoshli futbolchiga “Komo” egalari munosib shartnoma taklif qilish imkoniyatiga ega ekani qayd etildi. Ronaldu avval A Seriyada “Yuventus” safida to‘p tepgan.
Krishtianu Ronaldu atrofidagi boykot fonida uning yozda “Al-Nasr”ni tark etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar kuchaydi. The Sun nashri portugaliyalik yulduz faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan beshta klubni sanab o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Materialda avval ham tilga olingan to‘rtta manzil bor: “Al-Hilol”, “Manchester Yunayted”, “Sporting” va “Inter Mayami”. Biroq ro‘yxatdagi yana bir variant ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 41 yoshli Ronaldu Italiyadagi “Komo” klubiga qo‘shilishi ehtimoldan xoli emas. Ta’kidlanishicha, klub egasi bo‘lgan indoneziyalik milliarderlar Krishtianuga munosib shartnoma taklif qilish imkoniyatiga ega.
Ronaldu avval A Seriyada “Yuventus” sharafini himoya qilgan.






























Izohlar 0
…