date

Manchester Yunaytedda APL chempionligi orzusi yana jonlandi

Manchester Yunaytedda APL chempionligi orzusi yana jonlandi

Maykl Kerrik bosh murabbiy etib tayinlangach, «Manchester Yunayted» APLda ketma-ket to'rtta g'alabani qo'lga kiritdi. «Old Trafford»dagi kayfiyat ancha ko'tarinki: The Touchline xabariga ko'ra, jamoaning ayrim futbolchilari hamda murabbiylar shtabida bu mavsumdayoq chempionlik uchun real imkon borligiga ishonch paydo bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozirda «qizil iblislar» turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda va peshqadam «Arsenal»dan 12 ochkoga ortda qolgan. Klub ichida fikr shuki, agar g'alabali seriya davom etsa, «kanonirlar»ni quvib yetish va cho'qqiga chiqish mumkin.

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» hozir to'liq e'tiborini APLga qaratgan — jamoa boshqa turnirlarda ishtirok etmayapti.

«Manchester Yunayted» Angliya chempionligini oxirgi marta 2013 yilda, Aleks Fergyuson boshqaruvi ostida qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunaytedda APL chempionligi orzusi yana jonlandi