date

Maykl Ouen Manchester Yunaytedga murabbiy tanlashda maslahat berdi

Maykl Ouen Manchester Yunaytedga murabbiy tanlashda maslahat berdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen klubga bosh murabbiy masalasida o‘z fikrini bildirdi. Yaqinda "qizil iblislar" mavsum oxirigacha Maykl Kerrikni vaqtinchalik boshqaruvga tayinlagandi va shu davrda jamoa APLdagi to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ouenning aytishicha, so‘nggi o‘n yil ichida "Yunayted" deyarli barcha yo‘llarni sinab ko‘rdi: sovrindor murabbiylar, tajribali mutaxassislar, sobiq futbolchilar, yangi avlod "daholari". Uning fikricha, ayni paytda jamoa futbolchilardan maksimum natija siqib olayotgan murabbiyga ega — tribunalar yana jonlandi, ishonch qaytdi va barqarorlik paydo bo‘ldi.

Ouen Kerrik klubni ichidan bilishini, fe’l-atvori va yondashuvi "Manchester Yunayted"ga mosligini ta’kidladi. U shuningdek, agar jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa-yu, shundan keyin Kerrikka "rahmat" aytib, boshqa murabbiy olib kelingan taqdirda, klub yana avvalgi 10–12 yildagi beqarorlikka qaytib qolishi mumkinligini aytdi.

Goal nashriga bergan izohida Ouen Kerrikni "Manchester Yunayted" uchun ideal variant deb atadi: u klubga qimmatga tushmaydi, hozirgi moliyaviy vaziyatda bu muhim, moslashish davri ham talab etilmaydi — til muammosi yo‘q, u allaqachon jamoa ichida. Bundan tashqari, uni boshqa klubdan shartnomasini sotib olib kelish ham shart emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maykl Ouen Manchester Yunaytedga murabbiy tanlashda maslahat berdi