date

Real Angliya terma jamoasi himoyachisini olmaslikka qaror qildi

Real Angliya terma jamoasi himoyachisini olmaslikka qaror qildi

Yanvar oyida Yevropaning yetakchi ligalarida qishki transfer oynasi ochiq paytda, «Real»ga «Kristal Pelas» himoyachisi Mark Gehini taklif qilishdi. Angliya terma jamoasi futbolchisini nisbatan arzon narxda qo‘lga kiritish mumkin edi, chunki uning klub bilan shartnomasi yozda yakunlanishi kutilayotgandi. Biroq «qaymoqranglilar» Gehini safiga qo‘shmaslikka qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Oradan ko‘p o‘tmay, 25 yoshli Mark Gehi «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» bu transfer uchun 23 million yevro to‘lagan.

Hozir «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Alvaro Arbeloa jamoasi «Barselona»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Angliya terma jamoasi himoyachisini olmaslikka qaror qildi