Lui Saa Karikni MYUda qoldirishga chaqirdi

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Lui Saa klub vaqtinchalik bosh murabbiyi Maykl Karikka ishonch bildirdi. Avvalroq Maykl Ouen ham Karikka imkoniyat berish kerakligini ta’kidlagandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saa fikricha, Karik jamoa bilan qisqa vaqt ichida o‘zini ko‘rsata oldi: o‘yin uslubida ham, natijalarda ham ijobiy o‘zgarishlar sezildi. U Karikni mehnatkash va kamtar inson sifatida ta’riflab, klub DNKsini chuqur bilishi hamda futbolchi sifatida “Old Trafford”dagi bosimni boshdan kechirganini alohida qayd etdi.
Shu bilan birga, Saa Anchelotti yoki Zidan kabi tajribali mutaxassislar nomi muhokamaga chiqsa, bu boshqa daraja bo‘lishini ham eslatdi.
Ayni paytda “Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!