date

Real Enso Fernandes transferi uchun Kamavingani qo'shishi mumkin

Real Enso Fernandes transferi uchun Kamavingani qo'shishi mumkin

Madridning «Real» klubi «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesni o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

DS Sports xabariga ko'ra, «qirollik klubi» yozgi transfer oynasida argentinalik futbolchi bo'yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda. Manbaga ko'ra, madridliklar londondagi klubga 60 million yevro va Eduardo Kamavingani taklif qilib, Ensoni qo'lga kiritmoqchi.

Enso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi»ga 121 million yevro evaziga o'tgandi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2032 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi «Chelsi» safida barcha musobaqalarda 37 o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Fernandesning bozor qiymatini 85 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Enso Fernandes transferi uchun Kamavingani qo'shishi mumkin