date

Pau Kubarsi Barselonaning mavsumdagi keskin o'sishini izohladi

Pau Kubarsi Barselonaning mavsumdagi keskin o'sishini izohladi

"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoa joriy mavsum davomida natijalarni qanday yaxshilaganini tushuntirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, noyabr oyida "Chelsi"dan 0:3 hisobida yutqazilgan o'yindan keyin Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa ritmni topib oldi va barcha musobaqalarda 18 uchrashuvning 17 tasida g'alaba qozonib, juda kuchli seriya qayd etdi.

"Biz ayrim mayda detallarni to'g'riladik, shu narsa natijalarga darrov ta'sir qildi. O'zgarishlardan so'ng darhol o'yinimiz yaxshilandi, murabbiylar shtabi yetkazgan falsafaga ishondik. Shundan beri o'sishda davom etyapmiz va o'zimizni tobora ishonchliroq his qilyapmiz", — deya Kubarsining so'zlarini keltiradi Barca Universal.

12 fevral, payshanba kuni "ko'k-anorranglilar" Madridda Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk o'yinida "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pau Kubarsi Barselonaning mavsumdagi keskin o'sishini izohladi