Deku Shesni tajribasi Barselona uchun juda muhim dedi

Deku Shesni tajribasi Barselona uchun juda muhim dedi

Barselona” sport direktori Deku darvozabon Voytseh Shesniga berilayotgan o‘yin amaliyoti haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rasmiysiga ko‘ra, Shesni har doim ham maydonga tushavermasligini tushunadi, biroq uning tajribasi jamoa uchun katta ahamiyatga ega. Deku Shesni har kuni kiyinish xonasiga ijobiy kayfiyat, hazil va muvozanat olib kirishini, bu esa jamoada yaxshi muhit shakllanishida muhim omil ekanini ta’kidladi.

Joriy mavsumda 35 yoshli posbon barcha musobaqalarda 9 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

La Liganing 23-turidan so‘ng “Barselona” 58 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar