Maykl Ouen MYu chempionlik poygasiga qaytishini aytdi

Madridning "Real"i va "Liverpul" sobiq hujumchisi Maykl Ouen "Manchester Yunayted" so'nggi paytlarda ancha o'zgarib, natijalar jihatidan sezilarli o'sishga erishganini ta'kidladi. Uning fikricha, Ruben Amorim ketganidan keyin jamoa yangi nafas oldi, hozir esa bosh murabbiylik vazifasini Maykl Kerrik bajarmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ouen "qizil iblislar" mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashi mumkinligini aytdi. U hatto APLning yangi mavsumi ertaga boshlansa, "MYu" hozirgi "Manchester Siti" va "Liverpul" formasi fonida chempionlik uchun real kurash olib borishi mumkinligini qayd etdi. Ouenning ta'kidlashicha, grand klublar ayni damda eng yaxshi holatda emas va shu sababli titul uchun odatdagidan kamroq ochko ham yetarli bo'lishi mumkin.
"Manchester Yunayted" so'nggi turda "Vest Hem" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Ayni paytda jamoa 45 ochko bilan APL turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!