Barselona Deku Martinning o'sishini yuqori baholadi

"Barselona"ning sport direktori Deku jamoa himoyachisi Jerar Martinning so'nggi davrdagi o'yini va rivojlanishi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Dekuning aytishicha, Martin klubga kelganidan beri sezilarli darajada o'sdi: u ham qanot himoyachisi, ham markaziy himoyachi pozitsiyasida ishonchli harakat qildi. Funksioner futbolchining doim g'alaba uchun kurashishi, jamoaga yordam berishi va kerakli jamoaviy ruhni ko'rsatishini alohida ta'kidladi.
Joriy mavsumda 23 yoshli ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq gol yoki golli uzatma bilan ajralib chiqmadi.
Martin "Barselona" bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolagan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!