date

Manchester United murabbiy tanlovida hozircha qarorini oydinlashtirdi

Manchester United murabbiy tanlovida hozircha qarorini oydinlashtirdi

Maykl Karrik boshchiligida «Manchester United» Angliya Premer-ligasida to‘rtta g‘alaba va bitta durang qayd etdi. Biroq ijobiy natijalarga qaramay, u jamoaning to‘laqonli bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy nomzodlar qatorida ko‘rilmayapti, deb yozadi Sky Sports. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, klub yozda murabbiylik kursisini tajribali va kuchli xarakterga ega mutaxassisga topshirishni afzal bilmoqda — aynan shunday murabbiy yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni boshqarib keta oladi.

Karrik klubni yaxshi biladi, ammo obro‘-e’tibor masalasida Karlo Anchelotti yoki Tomas Tuhel kabi ehtimoliy nomzodlardan ortda qolayotgani ta’kidlanadi.

Shu bilan birga, agar «Manchester United» Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘l olsa, Karrikning lavozimda qolish imkoniyati sezilarli darajada oshishi qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester United murabbiy tanlovida hozircha qarorini oydinlashtirdi