Nepomnyashchiy Safonovni yosh futbolchilarga o'rnak deb atadi

Rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovni yosh futbolchilar uchun ibrat sifatida ko'rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, Safonovning Parij klubida asosiy darvozabonga aylangani quvonarli holat. Nepomnyashchiy Matvey uzoq vaqt o'yin amaliyotisiz qolganiga qaramay, taslim bo'lmagani va maydondagi o'yini bilan hammasini isbotlaganini «RB Sport»ga aytib o'tdi.
26 yoshli posbon Fransiya Ligue 1 joriy mavsumida to'rtta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, ikki bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Chempionlar ligasida esa u ikki o'yinda qatnashib, bir gol o'tkazdi.
Safonovning fransuz grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!