Marsel bosh murabbiylikka Konseysau variantini ko'rib chiqmoqda

Marsel bosh murabbiylikka Konseysau variantini ko'rib chiqmoqda

«Marsel» Roberto de Dzерbi iste’foga chiqarilgach, bosh murabbiylik lavozimi uchun yangi nomzod izlashni jadallashtirdi. Jurnalist Sebastyan Deni xabariga ko‘ra, fransuz klubi short-listidagi asosiy variantlardan biri — «Al-Ittihod»ni boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, hozircha rasmiy muzokaralar boshlanmagan, biroq «Marsel» rahbariyati Konseysau faoliyatini anchadan beri kuzatib keladi. Klub uni 2024 yilda ham jamoaga olib kelishni istagan.

Qayd etilishicha, murabbiyning «Al-Ittihod» bilan amaldagi shartnomasida 4,5 million yevro miqdorida tovon puli (otstupnoy) bandi belgilab qo‘yilgan.

Fransiya chempionatining 21-turidan so‘ng «Marsel» 39 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar