Gari Lineker Tottenhamga bosh murabbiylikka Mareskani tavsiya qildi

Tottenham va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker londonliklarga bosh murabbiylikka avval Chelsida ishlagan Enzo Mareskani ko'rib chiqishni tavsiya qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Linekerning fikricha, Mareska "shporlar" uchun munosib nomzod bo'la oladi. U klub rahbariyatida bo'lganida, Chelsi bilan bog'liq o'tmishiga qaramay, muxlislar bunday tanlovni yoqtirmasligini bilsa-da, italiyalik mutaxassis nomzodini jiddiy muhokama qilgan bo'lardi.
Eslatib o'tamiz, bugun — 11 fevral kuni Tottenham bosh murabbiy Tomas Frankni iste'foga chiqardi. Enzo Mareska esa 2024 yildan Chelsini boshqargan va 1 yanvardan beri ishsiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing