«Barselona» Messiga yiliga 35 million evro to‘lashga tayyor

«Barselona» Messiga yiliga 35 million evro to‘lashga tayyor
«Barselona» Messiga yiliga 35 million evro to‘lashga tayyor

"Barselona" rahbariyati hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash borasida ish olib bormoqda.

29 yoshli hujumchi bilan amaldagi shartnoma muddati 2018 yilning yozida yakuniga etishi lozim. Klub yangi shartnoma imzolash imkoniyatlarini qidirmoqda. "Barselona" rahbariyati Messiga talab qilinayotgan 35 million evro to‘lashga tayyor.

Messining o‘zi ham yangi shartnoma borasida ijobiy fikrda. Uning o‘g‘li Barselonadagi maktabga bormoqda va rafiqasi Kataloniyadagi holatidan batamom xursand. U faqat Argentinaga qaytib borish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy klublaridan biri Messiga yiliga 50 million evro to‘lashga tayyor. Ammo bu transfer amalga oshishi ehtimoli juda past.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar