Van Deyk APLda Liverpul himoyachilari rekordini yangiladi

Virgil van Deykning goli «Liverpul»ga safarda «Sanderlend» ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Angliya chempionatining 26-tur uchrashuvida niderlandiyalik himoyachi 61-daqiqada «qora mushuklar» darvozasini ishg‘ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, van Deykning APLdagi gollari soni «Liverpul» safida 23 taga yetdi. Bu klub tarixida himoyachilar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, avvalgi rekord uzoq yillar Sami Hyypya nomida edi.
Van Deyk «Liverpul»ga 2018 yil boshida kelib qo‘shilgan. Joriy APL mavsumida mersisaydliklar sardori 26 o‘yinda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Hozirda «Liverpul» turnir jadvalida 42 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing