Barselona yarim himoyachisi Saudiya Arabistoniga ketishni istamoqda

Barselona yarim himoyachisi Saudiya Arabistoniga ketishni istamoqda

Barselona”ning tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Diario AS xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi moliyaviy jihatdan yutish uchun Saudiya klublaridan biriga o‘tishga qarshi emas. Kasado rejasi — bir muddat Saudiya Arabistonida to‘p surib, keyinroq Yevropaga qaytish.

Mark Kasado “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning katalon klubi bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u “ko‘k-anorranglilar” safida barcha musobaqalarda 24 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar