date

Yuventus hali sotib olmagan hujumchini sotmoqchi

Yuventus hali sotib olmagan hujumchini sotmoqchi

Turinliklar 25 yoshli belgiyalik hujumchi Lui Opendani mavsumni kamida 10-o'rinda yakunlasa majburiy tarzda to'liq transfer qiladi. Futbolchining huquqlari hozircha Germaniyaning “RB Leyptsig” klubiga tegishli. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Yuventus” ayni paytda turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda va keskin pasayib ketishi ehtimoli past. Shunday ekan, klub Openda uchun 40,6 million yevro to'lashiga to'g'ri keladi.

Calciomercato xabariga ko'ra, bosh murabbiy Spalletti hujumchining o'yinidan uncha mamnun emas: Openda barcha turnirlarda 31 uchrashuvda atigi 2 bor gol urgan. Shu sabab “Yuventus” yozgi transfer oynasida futbolchini jamoa tarkibidan chiqarib yuborish yo'lini izlamoqda.

Openda avvalroq “Lans”, “Vitesse” va “Bryugge” safida to'p surgan. Belgiya terma jamoasida esa 27 o'yinda 3 gol muallifi bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus hali sotib olmagan hujumchini sotmoqchi