Milan himoyachisi Aleks Ximenesni Bornmutga to‘liq sotdi

Milan himoyachisi Aleks Ximenesni Bornmutga to‘liq sotdi

Milan” himoyachisi Aleks Ximenes “Bornmut” futbolchisiga aylandi. Avvalroq ingliz klubida ijarada o‘ynagan 20 yoshli ispan endi APL vakili safida to‘liq shartnoma asosida harakat qiladi, deya xabar berdi “Bornmut” matbuot xizmati. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

OAVdagi ma’lumotlarga ko‘ra, transfer qiymati 19 million yevroni tashkil etadi, yana 5 million yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.

Joriy mavsumda Ximenes Angliya Premyer-ligasida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Himoyachi 1 ta gol urdi va 8 ta sariq kartochka oldi.

26-turdan so‘ng “Bornmut” 37 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar