date

Endrikning qizil kartochkasi bekor qilinib, sariqqa almashtirildi

Endrikning qizil kartochkasi bekor qilinib, sariqqa almashtirildi

Fransiyada «Lion» hujumchisi Endrik olgan qizil kartochka bilan bogʻliq epizod qayta koʻrib chiqildi. Braziliyalik futbolchi Fransiya chempionatida «Nant»ga qarshi oʻyinda (1:0) maydondan chetlatilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Intizomiy komissiya yigʻilishida qizil kartochkani sariq kartochkaga almashtirish haqida qaror qabul qilindi. Bu 19 yoshli hujumchi uchun ikkinchi ogohlantirish boʻlgani sababli, Endrik bir oʻyinlik diskvalifikatsiya oladi.

Qayd etilishicha, braziliyalik hujumchi bu qish mavsumida Madridning «Real» klubidan «Lion» safiga kelib qoʻshilgan. Futbolchi fransuz jamoasi bilan ijara asosida shartnoma imzolagan.

Endrik «Lion» tarkibida hozircha toʻrtta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrikning qizil kartochkasi bekor qilinib, sariqqa almashtirildi