Rashford kelajagi bo'yicha MYU narxdan qaytmoqchi emas

Markus Rashford hozirda «Barselona» safida ijara asosida to'p tepmoqda. Yozda kataloniyaliklar uni «Manchester Yunayted»dan 30 million yevroga sotib olish imkoniga ega bo'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Ko'k-anorranglilar» bu summani pasaytirishga urinib ko'rmoqchi, biroq bunday kelishuv deyarli imkonsiz ekanini tushunib turibdi. «Manchester Yunayted» 28 yoshli futbolchining narxi bo'yicha yon bermoqchi emas: klub ichida 30 million yevro Rashford uchun mantiqli, hatto past baho sifatida baholanmoqda, deya xabar beradi Ispaniyaning Sport nashri. «Qizil iblislar» pozitsiyasini hujumchiga Angliyada talab yuqoriligi ham kuchaytirmoqda.
Rashford «Barselona» libosida barcha musobaqalardagi 34 o'yinda 10 gol urdi va 13 golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!