date

Al Nasr murabbiyi Ronalduni yaqin o'yinda asrayapti

Al Nasr murabbiyi Ronalduni yaqin o'yinda asrayapti

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik hujumchining yaqin orada jamoaga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan chetda qoladi.

Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy “Al-Fateh”ga qarshi bo'lajak muhim o'yin oldidan kuchni tejash zarurligini ta'kidladi.

Shuningdek, Jezush bu holat yangilik emasligini qo'shimcha qildi: Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda ilk bor qatnashmayotgani yo'q.

Saudiya chempionati doirasidagi “Al-Fateh” — “Al-Nasr” bahsi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al Nasr murabbiyi Ronalduni yaqin o'yinda asrayapti