date

Kin Lyuis-Potter muhim ochko haqida fikr bildirdi

Kin Lyuis-Potter muhim ochko haqida fikr bildirdi

Angliya chempionatining 26-turi doirasidagi so‘nggi uchrashuvda «Brentford» o‘z maydonida Londonning «Arsenal»iga qarshi bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. «Asalarilar»ni qutqargan gol muallifi Kin Lyuis-Potter bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yindan so‘ng u mavsumdagi uchinchi golini urgani va jamoasi qo‘lga kiritgan natijadan mamnunligini yashirmadi. «Bu juda katta va muhim ochko. Uchrashuv oxirida hammasi istalgan tomonga og‘ib ketishi mumkin edi. Biz bu durangga loyiq edik. Angliya futbolining “katta” jamoalaridan birini xafa qila olsak, har doim xursand bo‘lamiz», — dedi futbolchi BBC Sport nashriga.

Hozirda «Brentford» Angliya chempionati turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kin Lyuis-Potter muhim ochko haqida fikr bildirdi