date

Real Asensioni 23 yoshga to'lishi bilan tabrikladi

Real Asensioni 23 yoshga to'lishi bilan tabrikladi

Madridning “Real” klubi jamoa himoyachisi Raul Asensioni tug'ilgan kuni bilan qutladi. 13 fevral, juma kuni futbolchi 23 yoshni qarshi oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub matbuot xizmati “Tug'ilgan kuning bilan, Raul Asensio!” deya tabrik yo'lladi.

Asensio “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “qirollik klubi”ning asosiy jamoasi safida 73 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Hozirda “Real” Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam “Barselona” madridliklardan bir ochko ko'proq jamg'argan.

“Real” navbatdagi o'yinini 14 fevral kuni o'z maydonida “Real Sosyedad”ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Asensioni 23 yoshga to'lishi bilan tabrikladi