Yuventus Bernardu Silvani yarim himoyaga olib kelmoqchi

Turinning «Yuventus» klubi yarim himoya chizigini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Transfer News Live Calciomercato'ga tayanib xabar berishicha, «bianconeri»ning asosiy nishonlaridan biri — «Manchester Siti» yulduzi Bernardu Silva. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanishi mumkin: uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi iyun oxirigacha mo'ljallangan.
Silvaning «Yuventus»ga ehtimoliy ko'chishi haqidagi gap-so'zlar avval ham bir necha bor yangragan. U «shaharliklar» safida 2017/2018 yilgi mavsumdan beri to'p surib keladi.
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida Bernardu Silvaning kelajagi bo'yicha hozircha aniq ma'lumotga ega emasligini aytdi.
Bu yoz Bernardu Silva 32 yoshga to'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!