
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi 1/8 finalida "PSJ"ga qarshi kechadigan javob o‘yini oldidan kataloniyalik muxlislardan o‘ta faol bo‘lishni so‘radi. Eslatib o‘tamiz, dastlabki bahsda "Barselona" safarda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
"Har bir o‘yinda hissiyotlarni jilovlay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo bu gap jamoaga tegishli, muxlislarga emas.
Bizga hech qanaqasiga xotirjam muxlislar kerak emas. Ular hissiyotlarga berilgan, o‘ta faol va qiziqqon bo‘lishlari lozim.
Ammo "Kamp Nou" "Liverpul" stadioni singari "do‘zax"ga aylanmasligi lozim. "Barselona" muxlislarining uslubi boshqacha. Ammo ular raqibga bosim o‘tkazishlari shart", - deydi Enrike.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar