APLning ikkinchi to'purari bolaligida MYUga muxlislik qilgan

"Brentford" hujumchisi Igor Tyago bolaligida Angliya Premyer-ligasi o'yinlarini qanday tomosha qilgani haqida gapirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
24 yoshli braziliyalik bu mavsum yorqin o'yin ko'rsatmoqda: u APL to'purarlar poygasida 26 uchrashuvda urgan 17 goli bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
"Avvaliga futbol menga unchalik qiziq emasdi. Lekin akam meni har hafta APL o'yinlarini, ayniqsa, 'Manchester Yunayted' bahslarini ko'rishga majbur qilardi. Vaqt o'tib, shu jamoaga ko'nikib qoldim va uni sevib qoldim", — deya Tyagoning so'zlarini Transfer News Live keltiradi.
Igor Tyago 2024 yil yozida Angliyaga ko'chib o'tgan: "Brentford" uni Belgiyaning "Bryugge" klubidan 33 mln yevroga sotib olgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing