date

PSJ APL yarim himoyachisi Balebani o'z safiga qo'shmoqchi

PSJ APL yarim himoyachisi Balebani o'z safiga qo'shmoqchi

"Brayton"ning markaziy yarim himoyachisi Karlos Baleba faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi "PSJ" radariga tushgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, parijliklar Balebani sotib olish uchun 70–75 million yevro ajratishga tayyor. Futbolchi uchun kurashda "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Tottenhem" va "Nyukasl" ham bor.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "Manchester Yunayted" Balebani qo'lga kiritishga urinib ko'rgan, biroq klub 100 million yevrolik talabni to'lashdan bosh tortgandi. Joriy mavsumdagi omadsiz o'yinlari fonida futbolchining narxi pasaygani aytilmoqda.

Balebaning hisobida bu mavsum barcha musobaqalarda 24 ta o'yin bor, biroq u hali gol yoki assist bilan ajralib chiqqani yo'q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ APL yarim himoyachisi Balebani o'z safiga qo'shmoqchi